Futbol sohasida doʻstlik memorandumi imzolandi

Qirgʻiziston Respublikasining Batken va Oʻsh oblasti futbol assotsiatsiyalari vakillari Fargʻona viloyatiga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan asosiy maqsad, Qirgʻizistonning har ikkala hududiy assotsiatsiyalari bilan Fargʻona viloyat futbol assotsiatsiyasi oʻrtasida futbolni rivojlantirish, futbol orqali ikki xalq oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni yana-da mustahkamlash, futbol mutaxassislari va jamoalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yana-da yuqori choʻqqilarga koʻtarishdan iborat.

Qirgʻiziston Respublikasi sport delegatsiyasi tarkibidan Qirgʻiziston futbol assotsiatsiyasi boʻlim boshligʻi, Batken va Oʻsh oblastlari futbol assotsiatsiyasi rahbarlari, murabbiylar va hakamlar oʻrin olgan boʻlib, ular dastlab Fargʻona shahridagi “Futbol markazi”da boʻlishdi.


Tashrif davomida qirgʻizistonlik mehmonlar “Futbol markazida” yaratilgan sharoitlar va viloyat futbol assotsiatsiyasi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, tashrif yakunida Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh va Batken oblasti futbol assotsiatsiyalari hamda Fargʻona viloyat futbol assotsiatsiyalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik boʻyicha qoʻshma Memorandumi imzolandi.


Tashrif davomida qirgʻizistonlik mehmonlar bilan birgalikda futzal boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
17.01.2021 | 20:32
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169