Toshkentda jahon standartlariga javob beradigan yopiq turdagi suv havzasi barpo etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 694-f-sonli farmoyishiga asosan Toshkent shahri, Yashnabod tumani, Aviasozlar 1-mavzesida jahon standartlariga toʻliq javob beradigan yopiq turdagi suv havzasi, yaʼni basseynning qurilish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur sport inshootida suzish, sinxron suzish va suv polosi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari hamda aholi vakillari shugʻullanishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

Yopiq turdagi suv havzasining 1-qavatida 50x20 oʻlchamdagi basseyn, sportchilar uchun oshxona, erkaklar va ayollar uchun sartaroshxona, 2-qavatida esa maʼmuriyat xonalari va trenajyor zali joylashadi. 3-qavatda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari uchun 40 oʻrinli yotoqxona quriladi. Mazkur suv havzasi shu yil sentyabr oyida toʻliq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu zamonaviy suv havzasining ishga tushirilishi natijasida nafaqat poytaxt aholisining muntazam sport shugʻullanish koʻrsatkichi ortadi, balki 2025-yilda Toshkent shahrida boʻladigan IV oʻsmirlar yozgi Osiyo oʻyinlarini yuqori saviyada oʻtkazish uchun yana bir muhim qadam tashlanadi. Zotan, bu kabi yirik kompleks musobaqalarni oʻtkazish uchun mana shunday muhtasham sport majmualari zarur.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
17.01.2021 | 20:32
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169