Dzyudo: Urganchdagi “Yoshlik” sport majmuasida uch hudud polvonlari qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashmoqda

11-yanvar kuni Urganchdagi “Yoshlik” sport majmuasida dzyudo boʻyicha 2001-2004-yillarda tugʻilgan yoshlar va qizlar oʻrtasida oʻquv-mashgʻulotlar yigʻiniga start berildi. 20-yanvarga qadar davom etadigan ushbu yigʻinda Xorazm viloyatining barcha hududlaridan yigʻilgan umidli yoshlar bilan birgalikda qoʻshni Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Navoiy viloyati dzyudochilari, qolaversa Yakkama-yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi sportchilari ham ishtirok etishmoqda.

Mazkur yigʻindan koʻzlangan asosiy maqsad, respublikamizda dzyudo sport turini yana-da rivojlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni qitʼa va jahon chempionatlari, Osiyo hamda Olimpiya oʻyinlarida davlatimiz bayrogʻini yuqoriga koʻtarish, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga iqtidorli sportchilarni yetkazib berish, yosh dzyudochilarning malakasini oshirish, chekka qishloqlarda kuchli dzyudochilarni saralab olishdan iborat.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
17.01.2021 | 20:32
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169