Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha jahon chempionatida ikki nafar hamyurtimiz oltin medalga sazovor bo‘ldi

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida sportning bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish turi bo‘yicha yoshlar, kattalar va faxriylar o‘rtasida Osiyo ochiq chempionati hamda jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.

24 noyabrga qadar davom etadigan ushbu nufuzli musobaqada dunyoning 30 davlatidan 300 nafardan ortiq sportchi o‘z omadini sinab ko‘rishadi. Sankt-Peterburgdagi musobaqada vatanimiz sharafini milliy terma jamoa a’zolaridan Vohiddin Najmiddinov, Yodgoroy Najimova, Javohir Qurbonov hamda Asadbek O‘zgamovlar himoya qilishyapti.

Kecha yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda Yodgoroy Najimova bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi. Bugun esa yana ikki sportchimiz O‘zbekiston hisobiga jami 4ta medal qo‘shib qo‘yishdi, shundan ikkitasi oltin medallardir.
Jumladan, -78 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Javohir Qurbonov professional yo‘nalishda oltin medalga sazovor bo‘ldi. U 24 kilolik toshni 10 daqiqa ichida dast ko‘tarish mashqida 170 marta, siltab ko‘tarishda 93 bor, ikkikurashda 263 marotaba ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Javohir uzun siklda ham sovrindor bo‘ldi, ya’ni kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Biroz avval -68 kg vazn toifasida Asadbek O‘zgamov uzun siklda eng yaxshi natija ko‘rsatdi va oltin medal bilan taqdirlandi. Ikkikurashda esa O‘zgamov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa bugun yakunlangan bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 90 ball bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Norasmiy umumjamoa hisobida musobaqa mezboni – Rossiya terma jamoasi 110 ball bilan 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Kuchli uchlikni 70 ball bilan Latviya terma jamoasi yakunlab berdi.

Ertaga faxriylar o‘rtasida jahon chempionati bahslari boshlanadi. Unda vatanimiz sharafini Vohiddin Najmiddinov himoya qiladi.



Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.12.2020 | 20:42
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169