Gandbol mutasaddilari hududlardagi sharoitlarni o‘rganishmoqda

Gandbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining 3-tur o‘yinlariga Xorazm viloyati mezbonlik qilmoqda.

Shu munosabat bilan ayni kunlarda Xorazm viloyatida bo‘lib turgan O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bosh kotibi Ismoil Matxoliqov, Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi instruktor-metodisti Saidxon Boyxo‘jayev hamda terma jamoa bosh murabbiyi Zafar Azimov Urganch tumanidagi 19-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar bu yerda gandbol sporti bilan shug‘ullanayotgan yosh sportchilar bilan uchrashib, yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Ta’kidlash kerak, ushbu maktab o‘quvchilari muntazam ravishda Respublika musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda.

Bugungi kunda ushbu ta’lim maskanida tashkil etilgan gandbol seksiyalarida shug‘ullanayotgan sportchi yoshlar orasidan terma jamoaga munosib nomzodlar yetishib chiqmoqda. Uchrashuv o‘ziga xos savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi va yosh sportchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob oldilar.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston gandbol federatsiyasi mutasaddilari mamlakatimizning boshqa hududlarida ham shu kabi o‘rganishlarni olib borishni rejalashtirishgan.

 


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.12.2020 | 23:15
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169