Karate WKF: Xorazmda Oʻzbekiston kubogiga start berildi

Bugun Urganch shahrida karate WKF boʻyicha oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqasiga start berildi.

Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 300 nafardan ziyod mahoratli karate ustalari gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.

Bugun 14-15 hamda 16-17 yoshli oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida yakkalik va jamoaviy kata, shuningdek yakkalik va jamoaviy kumite bahslari oʻtkazilmoqda.

Shuni taʼkidlash joiz, musobaqa Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi rahbarligida tashkil etilgan boʻlib, unda terma jamoalar uchun yangi nomzodlar saralab olinishi kutilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.12.2020 | 23:15
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169