Suzish va kamondan otish boʻyicha terma jamoalarimiz tayyorgarligi koʻzdan kechirildi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qoʻmitasi rahbariyati Olimpiya sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalari faoliyati bilan yana-da yaqindan tanishmoqda. Kecha mutasaddilar Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida boʻlib, bu yerda oʻquv-mashgʻulotlar yigʻinini oʻtkazayotgan suzish va kamondan otish boʻyicha terma jamoalarimiz bilan uchrashdi, deb xabar beradi MOQ rasmiy saytida.

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshligʻi Muzaffarxoʻja Rahmatxoʻjayev, MOQ raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Sherzod Tashmatov, MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov va MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi vakillari ishtirok etishdi.


Dastlab Oʻzbekiston suv sporti turlari federatsiyasi rahbariyati, sportchi va murabbiylar bilan suhbat oʻtkazildi. Qayd etish joiz, hozirda vakillarimiz kelgusi hafta Toshkentda boshlanadigan litsenzion musobaqaga hozirlik koʻrishmoqda.

Sherzod Tashmatov uchrashuv davomida terma jamoamizning asosiy vakillari bilan alohida suhbatlashib, ularning musobaqaga tayyorgarligi bilan qiziqdi. Oʻz navbatida, federatsiya bosh kotibi Alisher Gʻaniyev litsenzion musobaqa oldidan qoʻyilgan rejalar, kutilayotgan natijalar haqida qisqacha maʼlumot berdi.

Shundan soʻng kamondan otish boʻyicha terma jamoamiz vakillari bilan ham muloqot olib borildi. Suhbat davomida jamoamizning Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olish imkoniyatlari, shuningdek, Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari va Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik rejalari boʻyicha ham atroflicha fikrlar bildirildi.

“Hozirda bor eʼtiborimiz kelasi yil iyun oyida Parijda oʻtishi rejalashtirilgan litsenzion musobaqaga qaratilgan. Toʻgʻri, jahon miqyosda jamoaviy yoʻnalishda oʻtadigan litsenzion turnirda yoʻllanma olish qiyin vazifa. Biroq, jamoamiz bilan optimistik ruhda tayyorlanmoqdamiz. Bu borada bizga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Shu bois oʻz rejamiz boʻyicha ishlasak, kerakli paytda jismoniy va ruhiy tayyor boʻlsak, maqsadimizga erishamiz”, – dedi terma jamoamizning gruziyalik murabbiyi Vladimer Lekveishvili.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.12.2020 | 23:15
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169