Chirchiqliklar salomatlik sari 5 000 qadam yurishdi

Bugun erta tongdan Chirchiq shahri markazidagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyi oldida jismoniy tarbiya va sportni aholi orasida keng targʻib qilish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida “Sogʻlom hayot uchun 5 000 qadam” shiori ostida ommaviy sport tadbiri boʻlib oʻtdi.

Chirchiq shahar hokimligi, shahar jismoniy tarbiya va sport boʻlimi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda Chirchiq shahar hokimi va sektor rahbarlari, shahardagi oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchi va talabalari, Milliy gvardiyaning Chirchiq shahar harbiy qismi xizmatchilari, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari, Chirchiq shahridagi harbiy qism askarlari, xalq taʼlimi va maktabgacha taʼlim boʻlimi oʻqituvchi va tarbiyachilari, Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji, bolalar-oʻsmirlar sport maktabi trenerlari hamda boshqa turli tashkilot va korxonalarning xodimlari ishtirok etishdi.

Eʼtiborlisi, ushbu tadbirni yana-da koʻtarinki ruhda oʻtishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Toshpoʻlat Matkarimov ham taklif etildi. Taniqli xonanda ijrosidagi shoʻx kuy-qoʻshiqlar badantarbiya mashqlarini bajarishga kirishgan aholiga oʻzgacha xushkayfiyat bagʻishladi. Shundan soʻng barcha ishtirokchilar shahar koʻchalari boʻylab belgilangan 5 000 metrli masofani bosib oʻtishdi.

Chirchiq shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari Olimjon Muqimovning taʼkidlashicha, ushbu sport tadbirini oʻtkazish anʼanaga aylanib ulgurgan. Boisi, haftaning har shanba kuni xuddi shu tarzda tashkil etilayotgan salomatlik tadbiri aholining sportga boʻlgan ishtiyoqini uygʻotadi, ertalabki badantarbiya mashqlarini bajaruvchilar soni koʻpayadi. Bu esa har bir oilada sogʻlom turmush tarzi shakllanishiga xizmat qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.12.2020 | 23:15
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169