Shotokan karate-do: Oʻzbekiston kubogi poytaxtliklarga nasib etdi

Shu yil 17-19-noyabr kunlari Toshkent viloyati Qibray tumani bolalar va oʻsmirlar sport maktabida shotokan karate-do boʻyicha barcha yosh toifalari oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi oʻtkazildi. Musobaqa Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun Respublika kalendar rejasiga muvofiq, Karantin qoidalariga toʻliq rioya qilingan holda tashkil etildi.

Oʻzbekiston kubogi bahslarida Jizzax, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridan tashqari respublikamizning barcha hududlaridan 500 nafarga yaqin yigit-qiz sportchilar kata, kumite, jamoaviy kata hamda jamoaviy kumite bahslari boʻyicha gʻoliblik uchun oʻzaro bahslashdi.

Musobaqa yakunlariga koʻra umumjamoa hisobida 1-oʻrinni Toshkent shahri jamoasi egalladi va Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi. Musobaqada 2-oʻrinni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, faxrli 3-oʻrinni esa Namangan viloyati jamoalari qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston kubogi gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan 1-, 2-, 3-darajali diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.12.2020 | 23:15
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169