“Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi

 

 

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 14 iyundagi “Sport turlari bo‘yicha terma jamoalar to‘g‘risidagi nizomni hamda sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi 173-sonli qarori ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huzurida 2017 yil 31 oktyabrda o‘tkazilgan majlis bayonida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Kalendar rejasi ishlab chiqildi.
Kalendar rejaga muvofiq sport tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlarini belgilash yuzasidan Tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlanadi va unga vakolat beriladi.
     O‘zbekiston sport delegatsiyasining kompleks musobaqalarda ishtirok etishi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida amalga oshiriladi.
Kalendar rejaga muvofiq O‘zbekiston milliy terma jamoalarining xorijga chiqish xarajatlari mablag‘larini belgilangan tartibda erkin muomaladagi valyutada ajratilishi va vakolatli bank tomonidan valyuta mablag‘lari beriladi.
Xalqaro musobaqalar ishtirokchilarini mehmonxonalarga joylashtirilishi va mehmonxona to‘lovlari chet el valyutasining so‘mga nisbatan qiymatiga ko‘ra milliy valyutada ajratiladi.
    O‘zbekiston Respublikasida tashkil etiladigan xalqaro sport tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, federatsiya va uyushmalar xodimlariga shtab tashkil etishi uchun alohida joy bilan ta’minlanadi.
    O‘zbekistonga tashrif buyuradigan martabali mehmonlar, xorijiy sport tashkilotlari rahbarlarini Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi talabnomasiga muvofiq “Toshkent xalqaro aeroporti”ning “VIP” va “SIP” zallaridan bepul o‘tkazish tizimi joriy etiladi.
Xorijiy mehmonlarga qulayliklar yaratish maqsadida vizalar konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan, zarur hollarda esa vizalar Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Sport tadbirlari davomida ishtirokchilar joylashadigan hamda tashrif buyurishi belgilangan ob’ektlarda va ularning atrof-hududlarida jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, ishtirokchilar uchun ajratilgan avtotransport vositalarini yo‘l-patrul xizmati avtomashinalari yordamida kuzatish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi “Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 205-son qarori talablari asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
    Mazkur qarorga muvofiq O‘zbekistonda tashkil etiladigan musobaqalarini o‘tkazish uchun “WADA” butunjahon dopingga qarshi kurashish Agentligining vakillari tomonidan vaqtincha olib kelinayotgan doping test tahlillari uchun zaruriy jihozlar va unga ehtiyot qismlar, yordam beruvchi materiallar tarkibiy qismlari hamda elektron sistemalarni sertifikatsiya tekshiruvlaridan ozod qilgan rasmiylashtiriladi.
Xalqaro sport tadbirlarini ochilish va yopilish marosimlarini o‘tkazishda belgilangan tartibda keng masshtabli ekranlar o‘rnatilishini, aloqa xizmatlari ta’minlanishini, shuningdek musobaqa bo‘lib o‘tadigan sport majmuasida Internet (WI - FI) xizmati taqdim etiladi.
2018 yilgi kalendar reja loyihasiga har to‘rt yilda bir marotaba o‘tkaziladigan quyidagi kompleks musobaqalar va ularda ishtirok etish uchun mablag‘lar ajratilishi kiritilgan:
Pxyonchxan shahrida (Koreya) bo‘lib o‘tadigan XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari;
Djakarta (Indoneziya) shahrida bo‘lib o‘tadigan XVIII yozgi Osiyo va III Paraosiyo o‘yinlari;
Buenos-Ayres shahrida (Argentina) III o‘smirlar o‘rtasida Olimpiada o‘yinlari.
Shu bilan bir qatorda qarorda 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga litsenzilarni qo‘lga kiritish musobaqalarida terma jamoa ishtirokini ta’minlash bilan birga xorijiy mamlakatlardan mutaxassislarni taklif qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi PQ-3196-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 oktyabrdagi 878-son qaroriga muvofiq “Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarga umrbod oylik to‘lovlari to‘lash hamda ularni salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish;
Yangi barpo etilgan sport inshooti va komplekslari uchun sport jihozlari uchun mablag‘lar ajratilishi kiritilgan.
2018 yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutilgan sport tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishida vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaxsiy javobgarligi oshirilgan.
Mazkur qaror loyihasini qabul qilish orqali sport federatsiya va uyushmalar, terma jamoa a’zolariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda davlatlararo va xalqaro sport aloqalarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda halqaro sport tashkilotlari va federatsiyalarning rahbar va vakillarini taklif etgan holda reytingli va nufuzli xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish ta’minlanadi.
 

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169