Ot sporti. Jahon tajribasi tatbiq etilmoqda

Fransiya otchilik sanoati tashkiloti – «UNIC» rahbariyati taklifiga binoan joriy yilning 22-25 yanvar kunlari O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisining o‘rinbosari E. Anarbayev va yurtimiz yilqichilik sohasi mutaxassislari yilqichiligimizda inovatsion yondashuvni keng ko‘lamda tatbiq etish, fransuz otchilik sanoti istiqbollarini o‘rganish, mazkur davlatning ot sporti tajribalarini tadqiq etish, shuningdek ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Fransiyada bo‘ldi.
Uchrashuv davomida Fransiya otchilik sanoati tashkiloti – «UNIC» (Erik Grandiyer), Fransiya milliy totalizatori – PMU ( Kristian Noris), Fransiya ot sporti federatsiyasi va Xalqaro ot turizmi federatsiyasi (Frederik Bui), Fransiya yilqichilik va ot poygasi qo‘mitasi (Kapuchin Xoyel), «Carrus» va «Fornells» (Jeromi Karrus i Teddi Selva) kompaniyalari rahbariyati bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Mazkur tashkilotlar bilan malaka oshirish va tajriba almashish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tashrif mobaynida Fransiya otchilik sanoati bo‘yicha taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Delegatlarimizga turli ot sporti obektlari hamda «Long champ», «Vincennes» kabi xususiy ippodromlar faoliyati tanishtirildi. Yakunida ushbu tashkilotlar bilan hamkorlik ko‘lamini kengaytirish rejalashtirildi.

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169