Xorazmda “Sport haftaligi” davom etadi: bugun “Milliy sport oʻyinlari” festivali hamda velomarafon musobaqalari tashkil etildi

Xorazm viloyatida tashkil qilinayotgan “Sport haftaligi” oʻz yakuniga yetib bormoqda. Mazkur haftalik doirasida bugun Gurlan, Qoʻshkoʻpir tumanlari hamda Xiva shahrida tosh koʻtarish va arqon tortish kabi sport turlari boʻyicha “Milliy sport oʻyinlari” festivali hamda velomarafon musobaqalari tashkil qilindi.

Gurlan tumanida tashkil etilgan velomarafonda oʻsmirlar va yoshlar, arqon tortish bellashuvlarida esa mahallalardagi band boʻlmagan yoshlar oʻzaro bellashgan boʻlsa, Qoʻshkoʻpir tumanida oʻtkazilgan tosh koʻtarish musobaqasida korxona-tashkilotlar hamda mahallalarda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar Toʻmarisga xos shijoat bilan bellashdilar.

Xorazm viloyati boʻylab tashkil etilayotgan “Sport haftaligi” doirasida aholining barcha qatlamlarini ommaviy sportga keng jalb qilish koʻzda tutilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169