Futbol: “Fargʻona viloyati hokimi kubogi” musobaqasi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF–5887-sonli “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻonada futbol musobaqalari oʻtkazilmoqda.

Jumladan, ishchi xodimlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida “Fargʻona viloyati hokimi kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Viloyatda faoliyat olib borayotgan tashkilot, korxona va boshqarmalardan tuzilgan jamoalar munosib ishtirok etdi. Ushbu musobaqaga 8-oktyabr kuni start berilgan boʻlib, saralash bosqichlarida ishtirok etgan ikki jamoa final bahsida ishtirok etdi.

Mazkur musobaqada 32ta jamoaning 500ga yaqin vakillari hokim kubogi uchun bellashdi. Bugun boʻlib oʻtgan final bahsida viloyat Markaziy bank va Kasbiy taʼlim boshqarmasi oʻzaro kuch sinashdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Kasbiy taʼlim boshqarmasi Markaziy bank futbol jamoasini 2-5 hisobida magʻlubiyatga uchratib “Fargʻona viloyati hokimi kubogi”ni qoʻlga kiritdi.

Mos ravishda ikkinchi oʻrin Markaziy bank jamoasiga nasib etgan boʻlsa, faxrli 3-oʻrinni esa Fargʻona elektr tarmoqlari futbol jamoasi munosib koʻrildi.

Gʻolib va sovrindorlar viloyat hokimi tomonidan taʼsis etilgan qimmatbaho sovgʻalar, medal va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169