Yosh bokschilarimiz Belarusdan 7 ta medal bilan qaytishadi

Belarus poytaxti Minsk shahrida boks boʻyicha sobiq SSSR chempioni, faxriy sport ustasi Vladimir Botvinnik xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir oʻz nihoyasiga yetdi.

Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, bugun boʻlib oʻtgan hal qiluvchi final janglarida ikki nafar oʻzbek bokschisi ham ishtirok etdi. Afsuski, ularning ikkalasi ham finalda imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan cheklanishdi.

-49 kg vazn toifasida hamyurtimiz Avazjon Yoʻldoshev mezbon bokschi Vladislav Smolovskiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. -52 kg vazn toifasidagi vakilimiz Dilshod Abduvaliyev esa rossiyalik Yevgeniy Jorovga yutqazib qoʻydi.

Kecha oʻtkazilgan janglar yakuniga koʻra, besh nafar bokschimiz bronza medalini qoʻlga kiritishgan edi.

Belarusdagi xalqaro turnir sovrindorlari:

Kumush:

-49 kg: Avazjon Yoʻldoshev

-52 kg: Dilshod Abduvaliyev

Bronza:

-49 kg: Ibrohim Ishjanov

-52 kg: Fayzullo Xudoyberdiyev

-64 kg: Umid Qadamboyev

-69 kg: Sirojiddin Xojakmetov

-75 kg Nurislom Ismoilov

Musobaqa yakuniga koʻra, +91 kg vazn toifasidagi bokschimiz Jahongir Zokirov “Tomoshabinlar mehri” sovriniga loyiq koʻrildi. Musobaqada ishtirok etgan hakamimiz Sherzod Ahmedovga esa “Obyektiv va professional hakamlik” uchun maxsus diplomi topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169