Buxoro viloyatida sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Buxoro viloyatida jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va viloyatda yangidan barpo etilayotgan sport inshootlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab, Buxoro viloyatidagi sport taʼlim muassasalarining 2020/2021 oʻquv yili hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, 2020-yil investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari holati oʻrganildi.

Oʻrganish davomida Gʻijduvon tumanidagi “Gʻijduvon sport majmuasi” va yopiq suzish havzasi, Peshku tumanida barpo etilayotgan “Markaziy” oʻyingoh hamda Romitan tumanidagi “Mirishkor” sport majmualari va tumanlardagi bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida yangi oʻquv yili hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat sporti mutasaddilariga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shundan soʻng, D.Nabiyev Buxoro viloyati sporti rivoji uchun 2020-yil investitsiya dasturi doirasida olib borilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlarining hozirgi holatini koʻzdan kechirib, bunda sportchi yoshlar va aholining doimiy sport bilan shugʻullanishida zarur boʻlgan jihatlarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Viloyatdagi sport inshootlarini zamonaviy arxitektura va qurilish talablari asosida sifatli bunyod etish, muhtaram yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, hududning iqlimi, oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda sport inshootlarida sport bilan shugʻullanuvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ushbu maqsadlar uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratish yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Bu kabi sport inshootlari kelajakda buxorolik yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishlari va yetuk sportchi boʻlib ulgʻayishlarida muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
02.12.2020 | 23:15
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169