Davlat komissiyasi imtiyozli asosda talabalikka qabul qilinganlarni tasdiqladi, ular orasida sportchilar ham bor

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining bayoni qabul qilindi. Unga koʻra, Xalqaro va Respublika olimpiadalari gʻoliblari, Zulfiya mukofoti sovrindorlari, sport musobaqalari gʻoliblari shuningdek, Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning ofitserlar, shartnoma boʻyicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi, harbiy xizmatni oʻtashda halok boʻlgan, shuningdek, harbiy xizmatni oʻtashda yarador boʻlgan, kontuziya, shikast olish natijasida nogiron boʻlib qolgan yoki kasalliklarga duchor boʻlgan harbiy xizmatchilarning tegishli tavsiyanomalarga ega farzandlari hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat granti asosida respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul qilinadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-avgustdagi “2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ—4798-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyati Soʻx tumanining sport sohasidagi oliy maʼlumotli trenerlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Soʻx tumaniga 2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishining maxsus sirtqi taʼlim shakliga 7 ta maqsadli qabul koʻrsatkichlari ajratildi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozim, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yana-da takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF—5924-son Farmoniga muvofiq olimpiya sport turlari boʻshyicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va ParaOsiyo oʻyinlari, Oʻzbekiston, Osiyo va jahon chempionatlarida oxirgi uch yilda gʻolib va sovrindor (1-3-oʻrin) boʻlgan sportchi-oʻquvchilar oliy taʼlim muassasalariga (tibbiyot bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan tashqari) belgilangan qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1 000 talik roʻyxatdan joy olgan Rossiya Federatsiyasi oliy taʼlim muassasalaridan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishini koʻchirish boʻyicha murojaat etgan 1 043 nafar fuqaroning murojaatlari qondiriladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169