WBC reytingida oʻzbek bokschilarining oʻrni qanday?

Butunjahon boks uyushmasi (WBC) sentyabr oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. WBC boshqa tashkilotlardan farqli ravishda kuchli 15 bokschini emas, 40 nafar charm qoʻlqop ustasi reytingini eʼlon qiladi.

Olamsport.com nashri bergan xabarga koʻra, kuni kecha eʼlon qilingan reytingdan 8 nafar oʻzbekistonlik bokschi oʻrin olgan. Birinchi oʻta yengil vazn toifasida (-48,9) Hasanboy Doʻsmatov avvalgi oydagi kabi 32-pogʻonada qolgan.

Birinchi yarim oʻrta vazn toifasida (-63,50 kg) uch nafar vakilimiz WBC reytingida TOP-40dan joy olgan. Shohjahon Ergashev WBC reytingida 24-pogʻonadan joy olgan. Yana bir charm qoʻlqop ustamiz Anvar Turopov esa 39-oʻringa joylashgan. Shahram Gʻiyosov esa 40-oʻrinni egallab turibdi. Shahram oʻtgan oy ushbu reytingda qayd etilmagandi.

Birinchi oʻrta vazn toifasida (-69,8 kg) ayni paytda WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi boʻlib turgan charm qoʻlqop ustamiz Isroil Madrimov yangilagan reytingning 22-pogʻonasiga koʻtarilib oldi. Ushbu vaznda bir necha kun oldin Moskva shahrida jang oʻtkazib, WBC Youth kamarini qoʻlga kiritgan Ravshan Mahammadjonov 40-oʻringa koʻtarilib oldi.

Ikkinchi oʻrta vazn toifasidagi Azizbek Abdugʻofurov (-76,2 kg) ikkinchi oʻrindan oltinchi oʻringa tushib ketgan. Eslatib oʻtamiz, Azizbek ayni paytda WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi. Mazkur vaznda shuningdek Bektemir Meliqoʻziyev 39-pogʻonadan 37-oʻringa koʻtarilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169