Olga Zabelinskaya “Jiro dʼItaliya”da qanday ishtirok etmoqda?

Shu kunlarda Italiya yoʻllari boʻylab “Jiro dʼItaliya” ayollar koʻpkunlik velopoygasi musobaqalari oʻtkazilmoqda. Bu turnirda Oʻzbekiston sharafani tajribali velopoygachimiz Olga Zabelinskaya himoya qilmoqda.

Hozirgacha musobaqada 5 ta bosqich ortda qolib, bugun oltinchi bosqichga start berildi. Kechagi beshinchi bosqich bahslarida sportchilar Terrachina shahrida 110,3 kilometrli masofani bosib oʻtishdi.

Hamyurtimiz Zabelinskaya ushbu bosqichda marra chizigʻini 73-boʻlib kesib oʻtdi. U musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Marian Vosning natijasidan 10 daqiqa, 36 soniya ortda qolib ketdi. Maʼlumot uchun, Marian Vos gollandiyalik sportchi boʻlib, musobaqada “CCC” jamoasi nomidan ishtirok etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Olga Zabelinskaya Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan ikki velosportchilarimizdan biri hisoblanadi.

Bugun velosportchilar musobaqaning 6-bosqichi doirasida Italiyaning Torre Greko va Nola shaharlari boʻylab 97,5 kilometrli masofada gʻoliblik uchun kurash olib borishadi.

OʻzMU talabasi Umida Achildiyeva tayyorladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169