#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjida Toshkent va Jizzax viloyatilik sovrindorlariga sovgʻalar yetkazildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shugʻullanishni targʻib qilish maqsadida #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenji davom etmoqda.

Chellenjda ishtirok etib, gʻolib va sovrindor boʻlganlarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar yetkazib berilmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyati Jizzax shahrida yashovchi viloyat Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi shugʻullanuvchisi Puxarova Mohinur va Toshkent viloyati Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi Qodirovlar oilasiga velotrenajyor yetkazib berildi.

Shuningdek, mutasaddilar sovrindor oilalarga chellenjda faol ishtirok etganlari uchun minnatdorlik bildirishdi.

Siz ham #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjida faol ishtirok eting hamda qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiriting. Unutmang, chellenj 2020-yilning 15-dekabriga qadar davom etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.09.2020 | 20:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169