Namanganda “Charm toʻp” musobaqasining gʻolibi aniqlandi

Norin tumanining “Furqat” MFY jamoasi “Charm toʻp” musobaqasining respublika bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Shu kunlarda barcha hududlarda 9-12 yoshli bolalar oʻrtasida “Futbolimiz kelajagi”, 13-14 yoshli bolalar oʻrtasida “Mahallada futbol”, 15-16 yoshlilar oʻrtasida anʼanaviy tarzda tashkil etilayotgan “Charm toʻp” musobaqalari oʻtkazilmoqda.

Kecha xabar berganimizdek, Namangan viloyatida ham “Charm toʻp” hamda “Futbolimiz kelajagi” musobaqalarining viloyat bosqichi boʻlib oʻtayotgan edi. Bugun ushbu musobaqalarning yarim final hamda final bahslari boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlash lozim bugun boʻlib oʻtgan bahslar qizgʻin va murosasiz tarzda kechdi va “Charm toʻp” musobaqasida Toshkentda boʻlib oʻtadigan respublika bosqichiga yoʻllanma olgan jamoa nomi ham maʼlum boʻldi.

Joriy yilning 14-15-sentyabr kunlari Kosonsoy tuman markaziy oʻyingohining sunʼiy qoplamali maydonida 9-12 yoshdagi mahalla yoshlari oʻrtasida mini futbol boʻyicha “Futbolimiz kelajagi” musobaqasi oʻtkazildi. Turnirga viloyatning 9 ta tumanidan kelgan yosh futbolchilar gʻoliblik uchun kurash olib borishdi. Musobaqa natijasiga koʻra 1-oʻrinni Kosonsoy tuman “Jar” MFY jamoasi, 2-oʻrinni Chortoq tumani “Damariq” MFY jamoasi hamda 3-oʻrinni Yangiqoʻrgʻon tumani “Navkent” MFY jamoasi qoʻlga kiritdi.

Namangan tumanida tashkil etilgan 15-16 yoshdagi mahalla yoshlari oʻrtasida “Charm toʻp” futbol musobaqasida 10 ta MFY jamoasida 160 nafar mahalla yoshlari ishtirok etdi.

Anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Charm toʻp” musobaqasi natijasiga koʻra 3-oʻrinni Chortoq tumanining “Damariq” MFY jamoasi, 2-oʻrinni Namangan tumanining “Toshbuloq” MFY jamoasi qoʻlga kiritdi hamda faxrli 1-oʻrinni Norin tumanining “Furqat” MFY jamoasi egallab, respublika final bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Musobaqa yakunlariga koʻra gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169