Hamdardlik bildiramiz

Turon yakkakurashi sport turi asoschisi Bahodir Saidov 66 yoshida vafot etdi.

Yuzlab xalqaro toifadagi sportchilarni tarbiyalagan jonkuyar murabbiy, sport fidoyisi, Bahodir Saidov 1954-yil 3-aprel kuni Toshkent shahrida tugʻilgan.

Yakka kurash sport turlari bilan yoshligidan shugʻullangan Bahodir Saidov 1981-yilda hozirgi Oʻzbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagan. U 40 yildan ortiq vaqt davomida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat koʻrsatib, mamlakatimiz sporti rivojiga ulkan hissa qoʻshgan inson edi.

Bahodir Saidov 1992-yilda Turon yakka kurashi sport turiga asos solgan edi. Bugungi kunda bu sport turi bilan yurtimizda oʻn minglab yoshla shugʻullanmoqda.

Bahodir Saidov uzoq yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston futbol federatsiyasida masʼul lavozimlarda mehnat qilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi Bahodir Saidovning sportimiz rivoji yoʻlida amalga oshirgan ishlarini yuksak qadrlaydi va marhumning vafoti munosabati bilan, uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

Jismoniy tarbiya va sport
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.09.2020 | 20:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169