Namanganda ham futbol musobaqalari qizgʻin davom etmoqda

Xabaringiz bor shu kunlarda barcha hududlarda 9-12 yoshli bolalar oʻrtasida “Futbolimiz kelajagi”, 13-14 yoshli bolalar oʻrtasida “Mahallada futbol”, 15-16 yoshlilar oʻrtasida anʼanaviy tarzda tashkil etilayotgan “Charm toʻp” musobaqalari oʻtkazilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyatida ham “Charm toʻp” hamda “Futbolimiz kelajagi” musobaqalari toʻrt bosqichda tashkil etildi. Bular mahalla, tuman, hudud va nihoyat viloyat bosqichlaridir. Bugun ushbu musobaqalarning viloyat bosqichiga start berildi.

Ushbu ikkita musobaqaning final bosqichiga yetib kelgan jamoalar ishtirokidagi bahslar qizgʻin va murosasiz tarzda boʻlib oʻtdi. Ertaga ushbu turnirlarning yarim final hamda final bahslari boʻlib oʻtadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169