Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport taʼlim muassasalarida oʻquv yili boshlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 480-son “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq olimpiya zaxiralari kollejlari, olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari hamda futbol mahorat maktablarida karantin talablaridan kelib chiqib, 2020/2021 oʻquv yilida koronavirus pandemiyasi sharoitida oʻquvchilar va xodimlar uchun qulay va xavfsiz boʻlgan taʼlim jarayonlarini tashkil etish, shuningdek, oʻquvchilar hamda xodimlar salomatligini taʼminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport taʼlim muassasalarida 2020/2021 oʻquv yili joriy yilning 1-oktyabridan boshlab amalga oshiriladi.

Sport taʼlimi muassasalari ish faoliyatini yoʻlga qoʻyishga muassasa rahbari tomonidan oʻquvchilarni xavfsiz saqlash uchun tegishli shart-sharoitlarni taʼminlash toʻgʻrisida imzolangan kafolat xati va Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarining tegishli qarori mavjud boʻlgan taqdirdagina ruxsat berilishi belgilandi.

Sport taʼlim muassasalari oʻz faoliyatlarini “Oʻzbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasi davrida umumiy oʻrta taʼlim maktablari va oʻrta maxsus maktab-internatlarining faoliyatini tashkillashtirish boʻyicha vaqtinchalik sanitariya-epidemiologik talablar” (0375-20 SanQvaM) hamda “Oʻzbekiston Respublikasida COVID-19 pandemiyasi davrida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonini tashkil etish boʻyicha vaqtinchalik talablar” asosida amalga oshiradi.

Sport taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonlari oʻquvchilarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning xohish-istaklaridan kelib chiqib, anʼanaviy yoki onlayn (masofaviy) shaklda tashkil etiladi.

Sport taʼlim muassasalarida oʻqishni anʼanaviy shaklda davom ettirish istagini bildirgan oʻquvchilarning ota-onalari (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)dan yozma rozilik talab etiladi, shuningdek, oʻquvchilarga, sogʻligʻi toʻgʻrisida maʼlumotnomani taqdim etishi hamda ularning ota-onalaridan yozma rozilik olingandan soʻng, oʻqishga kelishlariga ruxsat beriladi.

Joriy yilning 20-sentyabridan boshlab boshqa sport bazalarda (oromgoh, sanatoriya) tasdiqlangan sanitariya-gigiyena qoidalari va meʼyorlariga qatʼiy amal qilgan holda tegishli tashkilotlarning ruxsati bilan oʻquv-mashq yigʻinlarini tashkil etishga ruxsat etiladi.

Sport taʼlim muassasalari trener-oʻqituvchilari tomonidan oʻzlariga biriktirilgan oʻquvchilarga sport mashgʻulotlari jadvalidan kelib chiqib, sport turlari boʻyicha amaliy mashgʻulot vazifalarini vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan videoroliklar koʻrinishida onlayn (masofaviy) shaklda berib borish va berilgan vazifalar hamda normativlarni oʻquvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilib borish yoʻlga qoʻyilmoqda.

Ishchi guruh sport taʼlim muassasalarining 2020/2021 oʻquv yili jarayoni va oʻquv-mashq yigʻinlarini tasdiqlangan sanitariya-gigiyena qoidalari va meʼyorlariga qatʼiy amal qilgan holda tashkil etilishini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va doimiy ravishda nazorat qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
30.10.2020 | 00:28
Onlayn maslahatchi
Давлат тили масаласи бўйича маслаҳатчига мурожаат

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169