Qoʻl jangi federatsiyasiga yangi rahbar saylandi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligida Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish videoselektor shaklida tashkil etildi. Unda tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.

Yigʻilishda dastlab, Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi raisi oʻrinbosari Baxtiyor Mirzakulov 2017-2020-yillarda federatsiya tomonidan amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar orasida qoʻl jangi sport turi ommaviylashib, tez surʼatlarda rivojlanib bormoqda. Ortda qolgan yillarda mamlakatimizda bir qator yirik xalqaro musobaqalar tashkil etildi. Sportchilarimiz tomonidan xalqaro musobaqalarda muntazam ravishda yuqori oʻrinlar qoʻlga kiritildi.

Qoʻl jangining mamlakatimiz sportidagi oʻrnini yangi bosqichga olib chiqish uchun Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugungi yigʻilishda federatsiyaga yangi rahbar saylash va shu orqali tashkilotning ish faoliyatini tizimli tashkil masalasi koʻrib chiqildi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qoʻl jangi federatsiyasi raisi lavozimiga bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻmondoni sifatida faoliyat olib borayotgan Djurayev Rustam Mirzayevich nomzodi taklif etildi va yigʻilish delegatlari tomonidan bir ovozdan saylandi.

Yigʻilish yakunida Rustam Djurayev federatsiya raisi lavozimiga saylanishida ishonch bildirganlarga alohida minnatdorlik bildirib, qoʻl jangi sport turini mamlakatimizda yangi bosqichga olib chiqish, bu sport turi boʻyicha sportchi va trenerlarga shart-sharoitlar yaratish, yurtimizda uyushmagan yoshlar oʻrtasida ushbu sport turi boʻyicha tizimli musobaqalar tashkil etish, shuningdek, federatsiyaning hududlardagi moddiy-texnika bazasini takomillashtirish boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilishi zarur boʻlgan takliflarini bildirdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.09.2020 | 20:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169