Ravshan Ermatov Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sport taʼlim muassasalarining oʻquv mashgʻulotlar jarayoni bilan tanishdi

Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi. Safar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi sport obyektlari holatini koʻzdan kechirish, hududda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. 

Jumladan, Nukus olimpiya zaxiralari kollejida yangidan barpo etilgan 150 oʻrinli yotoqxona, kollejning asosiy oʻquv binosi, futbol stadionining hozirgi holati, sport zallarida tashkil etilgan davolash markazida yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi.

Shundan soʻng, Amudaryo tumaniga tashrif buyurib, bu yerdagi bolalar-oʻsmirlar sport maktabida amalga oshirilayotgan ishlar, sport seksiyalari faoliyati, oʻtkazilayotgan mashgʻulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Sportchi yoshlar bilan uchrashuv chogʻida hududda sportni rivojlantirish borasidagi dolzarb muammolar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Shuningdek, Beruniy tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ham boʻlib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

Kegeyli tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga tashrif davomida bu yerda tashkil etilgan sport seksiyalari hamda sport mashgʻulotlari, ularning sifatini oʻrganish jarayonida futbol stadioni hamda oʻquv binosining umumiy holati qoniqarsizligi aniqlandi. Oʻz navbatida bolalar-oʻsmirlar sport maktabi rahbariyatiga aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish borasida tegishli tavsiyalar berildi.

Taxtakoʻpir hamda Boʻzatov tumanlaridagi bolalar-oʻsmirlar sport maktablari qoshida yangidan qurilgan 50x100m. oʻlchamdagi sunʼiy qoplamali futbol stadioni 1000 nafar tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bemalol respublikamiz miqyosidagi musobaqalarni ham oʻtkazish imkonini beradi. Safar davomida masʼul rahbarlarga sport inshootlaridan samarali foydalanish va yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish vazifasi yuklandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169