Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi

Bugun, 3-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi boʻlish istagida boʻlgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

2020-2021 oʻquv yili uchun OʻzDJTSUning “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport” hamda “Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida 15 005 nafar abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradi.

Bu yilgi kasbiy (ijodiy) imtihonlar 3-sentyabrdan 18-sentyabrga qadar hududlar kesimida oʻtkaziladi. Bugun andijonlik abituriyentlar oʻz kasbiy mahoratini sinovdan oʻtkazishdi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar adolatli va shaffof oʻtkazilishi uchun universitet rahbariyati va masʼullar tomonidan barcha tayyorgarlik ishlari koʻrilgan. Imtihon oʻtkaziladigan auditoriyalarga kameralar oʻrnatilgan va imtihon jarayonlari toʻliq yozib borilmoqda.

Shuningdek, imtihon jarayonlarni kuzatish uchun OAVlari xodimlari, deputatlar va yoshlar ittifoqidan faollar taklif qilingan. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar karantin, sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilgan holda tashkil etilmoqda.

Imtihonlar jarayonida xavfsizlikni taʼminlash uchun Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari xodimlari jalb etilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169