Jismoniy tarbiya va sport vazirligidan bayram tabrigi

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi jonajon Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Mustaqillik — xalqimiz uchun eng ulugʻ va eng aziz bayram! Hech mubolagʻasiz aytish mumkinki, ushbu sana har bir yurtdoshimiz uchun qadrli. Ammo sportchilarimiz uchun bu bayramning qadri ikki chandon balandroq. Chunki sportchilarimiz mustaqillikka erishishdan oldin jahon arenalariga chiqishda juda koʻp qiyinchiliklarga duch kelishgan. Istiqlol esa ularga keng imkoniyatlar eshigini ochdi va bunga javoban sportchilarimiz Osiyo oʻyinlari, jahon chempionatlari, xalqaro olimpiadalarda vatanimiz bayrogʻini baland koʻtarib kelishmoqda. Davlatimiz madhiyasi xalqaro arenalarda baralla yangramoqda. Bugun oʻzbek sportchilarining, oʻzbek sportining dongʻi butun dunyoga yetgani ham mustaqilligimiz bergan imkoniyat sharofatidir!

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin, yurtimiz bayrogʻi esa jahon arenalarida magʻrur hilpirab tursin. Oilangizdan qut-baraka, tinchlik-xotirjamlik hech qachon arimasin!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jamoasi

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169