Mustaqillik va ezgulik monumentiga gulchambar qoʻyildi

Xalqimiz Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligini koʻtarinki kayfiyatda qarshi olmoqda. Bu yilgi istiqlol ayyomi mamlakatimiz boʻylab “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!” degan ezgu gʻoya asosida nishonlanmoqda.

Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan 31-avgust kuni hurriyat, porloq istiqbol va ezgu maqsadlarimiz ramzi boʻlgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga tantanali ravishda gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Markaziy apparati jamoasi ham bugun Mustaqillik va ezgulik monumentiga gulchambar qoʻydi.

Taʼkidlash kerakki, istiqlol barcha sohalarda boʻlgani kabi sport sohasida ham keng imkoniyatlar ochdi. Bundan ruhlangan sportchilarimiz esa dunyo arenalarida Vatanimiz shaʼnini munosib himoya qilib kelishmoqda. Bugun hech mubolagʻasiz Oʻzbekiston jahonning sporti taraqqiy etgan davlatlari bilan bemalol bellasha oladigan darajaga yetdi, deyishimiz mumkin. Bularning barchasi istiqlol, hurriyatimiz sharofatidir.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169