DIQQAT, EʼLON! Uychi jismoniy tarbiya va sport texnikumiga qabul jarayonlari boshlanadi

2020-yilning 25-avgustidan 2020/2021 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Uychi jismoniy tarbiya va sport texnikumiga qabul jarayonlari boshlandi.

Filialga abituriyentlarning hujjatlari 2020-yilning 25-avgustdan – 25-sentyabrga qadar (oʻsha kuni ham) qabul qilinadi.

Kasb va mutaxassisliklarni egallash istagida boʻlgan shaxslar shu jumladan 11-sinf bitiruvchilari oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirishlari mumkin. Texnikumda oʻqish davri 2 yil etib belgilangan.

Uychi jismoniy tarbiya va sport texnikumining tayyorlov yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

– sport faoliyati (basketbol, voleybol, futbol, qoʻl toʻpi, tennis, yengil atletika, ogʻir atletika, badiiy gimnastika, boks, erkin kurash);

– yengil sanoat konstruksiyasi va texnologiyasi (ayollar kiyimi tikuvchisi, erkaklar kiyimi tikuvchisi, bolalar kiyimi tikuvchisi, ustki kiyim tikuvchi);

– yongʻin xavfsizligi muhofazasi.

Shuningdek, taʼlim olishni istagan fuqarolarni roʻyxatdan oʻtkazish www.texnikum.edu.uz elektron dasturi orqali onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Elektron platforma orqali qoʻyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

– elektron ariza;

– umumtaʼlim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi diplom (elektron) nusxasi;

– 3x4 fotosurat.

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali oliy taʼlim muassasalarida 2-kursdan oʻqishni davom ettirish huquqiga ega boʻladi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun haftaning dushanbadan-shanba kuniga qadar soat 9:00-18:00gacha murojaatlar markazi (“Call center”) faoliyati tashkil etilgan.

Murojaat uchun telefonlar:

Daminov Shuhratjon (93) 674-74-74, (94) 174-00-36 (telegram).

                                 (69) 482-57-00, (69) 482-56-00, (69) 482-56-01.

Shoshiling, imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Oʻrinlar soni cheklangan.

Manzil: Namangan viloyati Uychi tumani, Amir Temur koʻchasi 1-uy.

Elektron manzil: uychisport@mail.ru

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169