Terma jamoa shifokori sportchilar bilan onlayn muloqot oʻtkazdi

Butun dunyoda hukim surayotgan pandemiya barcha sohalarga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. Xususan, sport sohasida ham barcha masalalar, yigʻilishlar va sportchilar mashgʻulotlari ham onlayn tarzda tashkil etilmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi ham bu borada qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Kuni kecha paradzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga biriktirilgan shifokor Diana Sattorova ZOOM platformasi orqali trener va sportchilar bilan navbatdagi onlayn videokonferensiyani oʻtkazdi. Konferensiya davomida sportchilar karantin vaqtida oʻz salomatligiga eʼtibor qaratgan holda qanday qilib sport formasini saqlab qolishi boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

Uchrashuv davomida sportchilar terma jamoa shifokoriga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169