Chempion Ahmadaliyev, daʼvogar Abduqahhorov – IBFning yangilangan reytingidagi oʻzbeklar

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) kecha professional bokschilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Bu haqda Olamsport.com nashri xabar bermoqda.

Ushbu reytingdan oʻzbekistonlik uch nafar bokschi oʻrin olgan. Eʼlon qilingan reytingda oʻzbekistonlik bokschilarning oʻrni oʻzgarishsiz qolgan.

Murodjon Ahmadaliyev ikkinchi yengil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliyev shuningdek WBA yoʻnalishi chempioni ham hisoblanadi.

Birinchi yarim oʻrta vazn toifasida (-63,5 kg) Shohjahon Ergashev oltinchi oʻrinda qolgan. Ushbu vaznda chempionlik kamari Josh Teylorga tegishli.

Yarim oʻrta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgidek 1-pogʻonadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy daʼvogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli. Qudratillo Abduqahhorov 10-oktyabr kuni AQSHda rossiyalik Sergey Lipinesga qarshi vaqtinchalik IBF chempioni boʻlish uchun ringga koʻtariladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169