OʻFA hakamlarini VAR tizimiga tayyorlash dasturi doirasida FIFA seminari boʻlib oʻtmoqda

FIFA 2020 oʻquv materiallaridan foydalangan holda butun Oʻzbekiston boʻylab 60 nafar hakam va yordamchilar onlayn tarzda nazariy-amaliy seminarda ishtirok etmoqda. Bu haqda OʻFA Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Seminar qatnashchilari mashgʻulotlar davomida dolzarb mavzularda, hususan toʻpni qoʻl bilan oʻynash, jarima maydonchasidagi qoida buzishlar, ofsayd, taktik qoida buzarliklar boʻyicha oʻz malakalarini oshirmoqda.

Bundan tashqari, hakamlar alohida blok sifatida “VARning oʻyinga aralashuv chegarasi” boʻyicha saboq olmoqda. Bunda VAR qaysi holatda hakamlik jarayoniga bevosita taʼsirini oʻtkaza olishi, bosh hakamga takroriy vaziyatni tomosha qilishni maslahat berishi yoki notoʻgʻri qilingan qaror boʻyicha xabardor etishi boʻyicha tavsiyalar berilmoqda.

Seminar yakunida ishtirokchilar VAR tizimidan foydalanish boʻyicha barcha zarur nazariy koʻnikmalarga ega boʻladilar. Mazkur hakamlar VAR litsenziyasini olishlari uchun bir qancha nazariy va amaliy mashgʻulotlarda qatnashishi kerak boʻladi.

Seminarni FIFA instruktori - Farhod Abdullayev olib bormoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169