Xorazmdagi sport maktablari ham vaqtinchalik shifoxonalarga aylantirildi

Mamlakatimizda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Joylarda kasallarga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish va davolash maqsadida tashxislash va saralash taqsimot punktlari ochilmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi sport taʼlim muassasalari inshootlari ham koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun maxsus markazlarga aylantirilmoqda.

Shu kunga qadar Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining 4 ta sport zalida 718 oʻrinli, Xiva shahridagi Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatining kurash zalida 132 nafar koronavirus tashxisi qoʻyilgan bemorlarni qabul qilishi uchun moslashtirilmoqda.

Mazkur vaqtinchalik shifoxonalarda bemorlar shifokorlar nazoratida boʻlib, tegishli muolajalar olishadi. Ishonchimiz komilki, biz birgalikda koronavirus infeksiyasini yengamiz.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169