Qashqadaryoda navbatdagi onlayn chempionat start oldi

Joriy yilning 7-30-avgust kunlari oʻzbek jang sanʼati sport turining “Kompleks” yoʻnalishi boʻyicha onlayn musobaqa boʻlib oʻtadi.

Mazkur onlayn musobaqa Qashqadaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat oʻzbek jang sanʼati federatsiyasi boʻlimi hamkorligida viloyat chempionati oʻtkaziladi.

Ushbu musobaqada oʻzbek jang sanʼatining “Kompleks” yoʻnalishi boʻyicha ikki yosh toifasida yaʼni 7 yoshdan – 12 yoshgacha hamda 13 yoshdan – 17 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasida onlayn tarzda boʻlib oʻtadi.

Musobaqada qatnashish shartlari quyidagilardan iborat:

- Koʻrsatilgan yosh toifalari boʻyicha mazkur sport turining “Kompleks” yoʻnalishi boʻyicha oʻz mahoratlarini namoyon etishadi;

- Xuddi shu jarayonni videoga olib, viloyat oʻzbek jang sanʼati federatsiyasiga taqdim etishadi;

- Taqdim etilgan video albatta sifatli boʻlishi, shuningdek, ishtirokchi haqida toʻliq maʼlumotlar (F.I.Sh, qayerdanligi, telefon raqamlari) ham taqdim etilishi shart.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169