Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Pandemiya sharoiti tufayli Oʻzbekistonda 2020/2021 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari ochiq stadionlarda oʻtkazilishidan xabaringiz bor. Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan matbuot anjumani aynan shu mavzuga bagʻishlandi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev ham ishtirok etdi.

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilgi OTMlarga kirish imtihonlari ikki smenada hamda respublika boʻyicha tanlab olingan 40 ta stadionda oʻtkaziladi.

- 155 ta stadionni tanlab olish jarayonida abituriyentlarga qulay sharoitlar yaratish nuqtayi nazaridan kunning chiqishi va botishi, umumiy stadionning soyalik darajasi necha soatga moʻljallanganiga ham eʼtibor qaratiladi. Mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda soyabonlar qoʻyiladi, ota-onalarga kutish joylari, shifokorlarga ham yetarlicha sharoitlar yaratish kabi tashkiliy masalalar koʻrib chiqiladi, - dedi matbuot anjumanida D.Nabiyev. – Yillar davomida sport inshootlarimiz va ochiq stadionlarga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan. Ammo muhtaram Prezidentimizning jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, uning moddiy-texnika bazasini takomillashtirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilindi. Shu kungacha har yili 60-70 ta sport inshootini qurayapmiz, qolaversa rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Aytib oʻtayotgan stadionlarimizda 3 yil davomida taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Matbuot anjumanida taʼkidlanishicha, test sinovlarini shaffof holda oʻtkazish uchun yoshlarni ortiqcha sarson qilmaslik maqsadida taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi, hokimliklar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati tomonidan zarur choralar koʻriladi. Shuningdek, Davlat test markazi direktori oʻrinbosari Sardor Rajabov stadionlarga kirish qismida shaxsni aniqlovchi kameralar, har bir guruhga alohida kameralar oʻrnatish borasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan muzokaralar olib borilayotganini bildirdi.

Qoʻshimcha qilish kerak, yurtimizda 2020/2021 oʻquv yili uchun OTMlarga kirish imtihonlari 2-sentyabrdan boshlanadi va imtihonlar kuniga ikki smenada tashkil etiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169