Onlayn: Yosh sportchilar bilan mashhurlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Kuni kecha Toshkent viloyati Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi tashabbusi bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mazkur onlayn yigʻilishda viloyatda faoliyat olib borayotgan boks murabbiylari, sportchilar hamda RIO-2016 olimpiya oʻyinlarida boks sport turi boʻyicha oltin medal sohibi Fazliddin Gʻoyibnazarov ishtirok etdi.

Karantin vaqtida qay tartibda mashgʻulotlar olib borish masalasida viloyat terma jamoasi bosh murabbiyi Mahmudjon Xodjayev oʻz tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, Fazliddin Gʻoyibnazarov ushbu onlayn uchrashuvda yoshlarga qanday shugʻullanish kerakligi, kunlik mashgʻulotlar qay yoʻsinda bosqichma-bosqich bajarilishi, bokschilarning musobaqa oldidan psixologik holatini qanday boʻlishiligi, toʻgʻri ovqatlanish, havaskor boksni professional boksdan farqlari haqida yosh sportchilarga oʻz tavsiyalarini berdi. Qolaversa, uchrashuv davomida boʻlajak chempionlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169