PFL iyul oyi laureatlarini eʼlon qildi

Oʻzbekiston Superligasining iyul oyidagi eng yaxshilari eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan iyul oyida Superligada eng yaxshi oʻyin koʻrsatgan futbolchi sifatida “Qoʻqon-1912” futbolchisi Murod Xolmuhammedov taqdirlanadigan boʻldi. Himoyachi ortda qolgan oyda 3 ta oʻyinda 2 ta gol kiritib, 1 ta golga asistentlik qilgan edi.

Shu bilan birga, Superligada “Iyul oyning eng yaxshi goli muallifi” ham aniqlandi. Unga koʻra, AGMK yarim himoyachisi Sanjar Tursunovning “Qoʻqon-1912” klubi darvozasiga kiritgan goli shu yoʻnalishda laureat boʻldi.

Eʼtiborlisi, oyning yana bir mukofoti AGMK klubi vakiliga nasib etdi. “Konchilar”ning iyul oyida oʻtkazgan 3 ta oʻyinda 2 ta gʻalaba, 1 ta durangga erishib, turnir jadvalida 2-oʻrinda borayotganligi uchun jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov “Iyul oyining eng yaxshi murabbiyi” deya eʼtirof etildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169