#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjining Sirdaryo viloyati bosqichi oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shugʻullanishni keng targʻib qilish maqsadida yana #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenji oʻtkazilmoqda.

Eʼtiborlisi, ushbu chellenjda faol ishtirok etgan sirdaryoliklar uchun alohida ragʻbatlantiruvchi sovrinlar eʼlon qilinmoqda.

Sirdaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenjining viloyat bosqichi tashkil etilmoqda. Mazkur chellenjni viloyat bosqichi joriy yilning 10-avgust kunidan 10-dekabr kuniga qadar oʻtkaziladi. Videroliklar maxsus hakamlar hayʼati tomonidan baholanib #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenji respublika bosqichi nizomida belgilangani kabi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtiriladi.

Shuningdek, viloyat bosqichining har oy yakunlari boʻyicha 3 nafar gʻoliblari Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan sport velosipedlari bilan taqdirlab boriladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169