“Inson mashgʻulot zallarida chempion boʻlmaydi” Nigora Tursunqulova bilan suhbat

Nigora Tursunqulova 1999-yil 4-aprelda Jizzax viloyatida tugʻilgan. 2010-yildan beri sportning taekvondo WT turi bilan shugʻullanib keladi. 2013-yil terma jamoa safiga qabul qilingan. “Xan-Gan”klubi tarbiyalanuvchisi. 2016-yil Rio olimpiadasi ishtirokchisi. Qitʼa chempioni. Osiyo oʻyinlari sovrindori. Gran-Pri turnirlari, 20 dan ortiq turli nufuzdagi xalqaro musobaqalar gʻolib va sovrindori. Xalqaro toifadagi sport ustasi.
Quyida Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmatining sportchi bilan uyushtirgan suhbatini eʼtiboringizga havola qilamiz.

- Sport hayotingizda qanday ahamiyatga ega?

- Sport men uchun katta ahamiyatga ega va hayotimning bir qismi. Chunki maqsadim sari intilishda sport birinchi oʻrinda turadi. Shunday boʻlishi uchun ham xarakat qilaman.

- Ilk mashgʻulotlar? Birinchi murabbiyingiz xaqida?

- Har bir inson qaysi yoʻnalishda boʻlmasin ilk qadamini yodda saqlab qolsa kerak. Sportning taekvondo turini yoqtirib qolishimga va unga mexr qoʻyishimga murabbiyim Dmitriy Xvan sababchi boʻlganlar. Ular toʻgarakka kelgan har bir bolaga oʻzgacha munosabatda boʻladi, qalbiga yoʻl topa oladi. Mashgʻulotlar davridagi qiyinchiliklar, tushunmovchiliklar...xullas murabbiyim bilan xuddi doʻstlardek gaplashamiz, sirlashamiz, muammolarimizni yengishga, xayotdagi turli sinovlardan oʻtishda kerakli maslahatlarini bera oladilar. Menda qanday vaziyat boʻlmasin musobaqada gʻalabaga erishsam ham, yutkazib qoʻysam ham, ishlarim yurishmay qolsa ham ular qoʻl siltab tashlab ketmaydilar aksincha xuddi oʻz otamdek toʻgʻri yoʻlni koʻrsatishga xarakat qiladilar. Bunday murabbiyni eʼzozlamaslik menimcha xato boʻlsa kerak.

- Nechanchi yili terma jamoa safidan joy olgansiz?

- Mamlakat terma jamoasi safidan joy olish uchun sportchi Respublika chempioni boʻlishi kerak va men 2013-yili terma jamoa safiga qabul qilindim. Bu yerda tabiyki koʻzga koʻringan va tajribali sportchilar, uning oʻziga yarasha muxiti, tartib-qoidasi bor. Jamoada oʻz oʻrnimga ega boʻlishimda sportchilar, murabbiylar yaqindan yordam berishdi.

- Magʻlubiyatli onlarda oʻzingizni qanday tutishga harakat qilasiz?

- Magʻlubiyat alamini totmagan sportchining oʻzi boʻlmasa kerak, bunday vaziyatlarda albatta kayfiyatingiz tushib ketadi chunki har bir sportchi gʻalaba qozonish uchun maydonga tushadi. Ammo magʻlubiyat boʻlajak gʻalabadan darak deyishadi. Qayerdadir xatolikka yoʻl qoʻygansizki imkoniyatni boy berasiz. Aynan manashu xatoni topib yana oʻz ustimda mehnat qilish kerakligini anglayman va mashgʻulotlarga zoʻr beraman. Nasib qilsa hammasi yaxshi boʻladi deb oʻzimni ishontiraman.

- Oilada kim sizga yaqin yordamchi va maslakdoshingiz?

- Oilada onam, dadam va ikki akam bor. Ular meni har doim eshita olishadi va menga dalda boʻlishadi, qoʻllab-quvvatlashadi. Inson ruhiy tetiklikni oiladagi yaqinlaridan oladi. Menda ham shunday. Ular meni tayanchim, quvonchim va borligʻimdir.

- Taekvondo sizga nima berdi?

- Inson qalbida yaratgan egam bor ekan u har bir bandasini qoʻllab-quvvatlaydi. Men bunga ishonaman. Taekvondo oraqali juda koʻp natijalarga erishdim. Sogʻlom boʻlishga, sogʻlom fikrlashga, oʻz ustimda ishlashga, xayotda yengilmaslikka va irodali boʻlishga, Ona Vatanim sharafini xalqaro maydonlarda munosib ximoya qilishga oʻrgandim. Dunyo koʻrdim, bilim olyapman. Bizda barcha sharoitlar bor faqat undan toʻgʻri foydalanib xarakat qilish kerakligini bildim. Muxlislar qalbidan joy oldim. Buning oʻzi ham katta baxt. Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi katta bir oila va bu oilaning aʼzosi ekanligimdan faxrlanaman.

- Orzu-umidlaringiz bilan oʻrtoqlashsangiz?

- Orzu umidsiz inson boʻlmasa kerak. Rio olimpiadasida ishtirok etdim lekin afsus sovrindorlar qatoridan joy olish nasib etmadi. Xudo xoxlasa Tokio olimpiadasiga yoʻllanma olib toʻrt yillikning nufuzli musobaqasida shoxsupadan oʻrin olishni niyat qilyapman. Nasib qilsa yaxshi bir xonadonning yaxshi kelini boʻlib, tinch-osuda xayot kechirsam, yaxshi farzandlarni tarbiya qilsam, ota-onam, yaqinlarim hamisha yonimda boʻlib sogʻ-salomat yurishsa

- Afsonaviy bokschi Muhammad Ali: Odam mashgʻulot zallarida chempion boʻlmaydi. Chempion boʻlish uchun ishni ruhiyatdan boshlash kerak – istak, orzu va oʻz gʻalabasini aniq-tiniq his qilishgina kishini maqsadiga eltadi, degan edi sizchi siz bu fikrga qoʻshilasizmi?

- Albatta qoʻshilaman. Ular bosib oʻtgan yoʻl. Chempionlik davri bularning barchasi xayot tajribasi emasmi? Bu soʻzlarga yana biron iborani qoʻshishni oʻzi nooʻrin.

- Hayot xaqiqati nimada? Hech oʻylab koʻrganmisiz?

- Hayot - inson uchun berilgan sinov deb bilaman. Har bir inson bu imtihondan-sinovdan oʻtadi va har kim qilmishiga yarasha yo mukofoti yoki jazosini oladi. Qaysi yoʻlni tanlash oʻz qoʻlimizda...

- Bugungi vaziyat ruhiyatingizga qanday taʼsir qilmoqda?

- Ogʻir vaziyat. Kimdir shunday boʻladi desa ishonmasdik. Lekin koʻzimiz bilan koʻrib turibmiz. Kayfiyatimga yomon taʼsir qilgan tomoni- juda koʻp insonlar kasal boʻlib olamdan oʻtishyapti va ularning yaqinlari imkoniyatsiz qolmoqda. Bu ahvolni koʻra-bila turib yordam bera olmaslik albatta achinarli xolat. Hudo hoxlasa bu sinovlar ham ortda qoladi. Hammaga sogʻlik va salomatlik tilayman. Oʻzingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling! demoqchiman.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169