Navbat Qashqadaryoga: 3 ta tumanda 1200 oʻrinli koykalar tayyorlandi

Hozirgi pandemiya sharoitida Hukumatimiz tomonidan COVID-19ga qarshi kurashish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatidagi sport taʼlim muassasalarida ham “COVID-19” bilan xastalangan bemorlarni davolash uchun maxsus markazlar tashkil etilmoqda.

Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining yengil atletika manejida 636 oʻrinli, “Geolog” sport sogʻlomlashtirish majmuasida 350 oʻrinli hamda Gʻuzor tumanida joylashgan “Shoʻrtan” PFKda esa 150 oʻrinli koykalar tashkil etildi.

Shuningdek, mazkur tashkil etilgan vaqtinchalik shifoxonalarda 18 nafar shifokorlarga, 40 nafar hamshiralarga hamda 40 nafar sanitariya xodimlariga xonalar tayyorlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169