Oʻzbek futbolchisi rasman Rossiyaning eng nomdor jamoasi tarkibida!

Rossiya Premyer ligasining yakuniga yetgan mavsumida “Ufa” tarkibida harakat qilgan oʻzbekistonlik iqtidorli futbolchi Oston Oʻrunov rasman oʻz klubini almashtirdi.

Oldinroq, hamyurtimizga bir qator rus va nemis klublaridan jiddiy qiziqishlar boʻlayotgani haqida xabar qilgan edik. Oston Oʻrunov takliflar orasidan eng maʼquli sifatida Moskvaning “Spartak” klubini tanladi.

Bir qator rus OAVlarining maʼlum qilishicha moskvaliklar hamyurtimiz bilan 5 yillik shartnoma boʻyicha kelishuvga erishgan. Biroq, “Spartak”ning futbolchimizni sotib olish uchun “Ufa” klubiga qancha miqdorda pul toʻlagani haqida aniq maʼlumot berilmagan.

Eslatib oʻtamiz, Oston Oʻrunov RPLning ikkinchi davrasi boshlanishida Toshkentning “Lokomotiv” klubidan Boshqirdistonning “Ufa” klubi safiga borib qoʻshilgan edi. Bu vaqt ichida hamyurtimiz bu klub safida chempionat doirasida 10 ta oʻyin oʻtkazdi va bir necha marotaba oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deya eʼtirof etildi.

Maʼlumot uchun, Rossiya Premyer ligasining 2020/2021-yilgi mavsumiga joriy yilning 8-avgust kuni start beriladi. 1-tur doirasida “Spartak Moskva” 9-avgust kuni oʻz maydonida “Sochi” klubini qabul qiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169