OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov xalqaro onlayn konferensiyada futbol rivoji boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida nutq soʻzladi

Butun dunyoda pandemiya hukm surayotganiga qaramay, futbol uchrashuvlarini muntazam oʻtkazib borilishini taʼminlash uchun xalqaro futbol uyushmalari va aʼzo assotsiatsiyalar bir qator saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, FIFA prezidenti Janni Infantino OFK prezidenti Shayx Salmon bilan birgalikda CAFA tarkibiga kiruvchi futbol assotsiatsiyalari rahbarlari bilan uchrashgan holda, mintaqadagi vaziyat bilan yaqindan tanishib, kelajakdagi rejalar boʻyicha fikr almashishdi.

Mazkur onlayn konferensiyada OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov va OʻFA vitse-prezidenti Ravshan Ermatovlar ishtirok etishdi.

Qolaversa, Janni Infantino tomonidan bu boradagi ishlarni amalga oshirishda FIFA tajribasi tanishtirildi. Shundan soʻng OFK prezidenti Shayx Salmon esa Osiyoda hukm surayotgan vaziyat boʻyicha hisobot berdi.

Shundan soʻng, OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov onlayn konferensiyada soʻzga chiqdi.

“Hurmatli hamkasblar, dastlab shuni alohida taʼkidlab oʻtmoqchimanki, Oʻzbekiston FIFA prezidenti janob Janni Infantinoni hozirgi murakkab vaziyatda toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi hamda ishonch bildiradi. Barcha qiyinchiliklar tez fursatda oʻz yechimini topishi va FIFA oʻzining yuksak mavqeini tasdiqlashiga ishonchim komil.

Epidemiologik vaziyat jiddiyligiga qaramay, karantinning dastlabki kunlaridan boshlab, OʻFA onlayn rejimida ish olib bormoqda. Avvaldan rejalashtirilgan qisqa va uzoq muddatli rejalar boʻyicha tegishli vazifalar bajarilmoqda.

May oyida Oʻzbekistonda epidemiologik vaziyat bir muncha yaxshilanganidan soʻng, OʻFA va PFL karantin va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda, professional ligalar uchrashuvlarini tomoshabinlarsiz davom ettirish uchun COVID-19 maxsus tibbiy protokolini ishlab chiqdi. Oʻzbekiston Superligasiga 13-iyun kuni qayta start berildi va musobaqa 20-iyulgacha davom etdi.

Oʻzbekiston chempionatini qayta tiklash joriy yilning 14-avgustidan rejalashtirilgan va liganing 1-bosqich oʻyinlari markazlashtirilgan formatda oʻtkaziladi.

Shuningdek, OʻFA pandemiya paytida terma jamoalar uchun karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etmoqda.

Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda.

Ushbu tadbir Oʻzbekistonda birinchi marta uchta shaharda, 2020-yilning 14-31-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Bu pandemiya davrida dunyodagi birinchi markazlashtirilgan xalqaro futbol musobaqasi boʻladi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi hukumati terma jamoalar uchun birinchi Futbol markazini qurish uchun 12 gektar maydon ajratdi. Ushbu loyiha FIFA va OFK vakillari bilan muhokama qilinganidek, Oʻzbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari xalqaro musobaqalarga munosib tayyorgarlik koʻrishi uchun katta imkoniyatlarini yaratadi.

Ushbu markaz 160 oʻrinli mehmonxona kompleksi, 7 ta standart futbol maydoni, reabilitatsiya va ilmiy-uslubiy markaz va boshqa zarur sharoitlarni oʻz ichiga oladi.”

Nutq soʻnggida OʻFA rahbari FIFA va OFK prezidentlarini Oʻzbekistonda oʻtadigan U-19 Osiyo chempionatiga taklif etdi va ularning tashrifi butun mamlakat futbol jamoatchiligi hamda futbol ishqibozlarini xursand etishini alohida taʼkidladi.

Shuningdek konferensiyada Eron, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston hamda Afgʻoniston futbol assotsiatsiyalari rahbarlari oʻtgan davr mobaynida bajarilgan ishlar boʻyicha maʼlumot berishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169