Yosh qilichbozlar oʻrtasida onlayn musobaqa oʻtkazildi

Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi onlayn tizimda 2006-2007-yillar hamda 2008-yilda tugʻilgan va undan kichik yosh toifasidagi sportchilar oʻrtasida qilichbozlikning shpaga yoʻnalishida Oʻzbekiston birinchi virtual chempionati oʻtkazildi. Musobaqada respublikamiz viloyatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahridan ishtirokchilar gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Ushbu onlayn musobaqa mamlakatimizda qilichbozlikni ommalashtirish va targʻib qilish, pandemiya davrida yosh avlod salomatligini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sportga muntazam jalb etish maqsadida tashkil etildi. 

Shuningdek, Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi virtual raqobat uchun iqtidorli yosh sportchilarga qulay imkoniyatlar taqdim etish bilan, hozirda shiddat bilan tarqalayotgan tojdor virusga qarshi turish uchun umumiy javob chorrahasida bu kabi muhim ijtimoiy tadbirni oʻtkazishga qaror qilganini alohida taʼkidlash oʻrinli.

Shunday qilib kechagi qilichbozlikning shpaga yoʻnalishida boʻlib oʻtgan onlayn musobaqaning yakkalik bahslarida kuch sinashgan 2006-2007-yillarda tugʻilgan sportchilar oʻzlarining bor mahoratlarini namoyish etishdi. Oʻta qiziqarli va zavqli oʻtgan musobaqalar natijasiga koʻra quyidagi gʻoliblar aniqlandi.

Oʻgʻil bolalar. Yakkalik bahsi

1. Komilov Yoʻldosh (2007) – Navoiy viloyati
2. Nurmatov Adizbek (2007) – Qoraqalpogʻiston Respublikasi
3. Uspanov Batir (2007) – Navoiy viloyati
3. Mahmudov Kamron (2007) – Navoiy viloyati.

Qiz bolalar. Yakkalik bahsi

1. Oʻrinboyeva Shahnoza (2007) – Qoraqalpogʻiston Respublikasi
2. Mahmudova Maftuna (2006) – Buxoro viloyati
3. Murodova Zarina (2007) – Toshkent viloyati
3. Saʼdullayeva Gulchehra (2006) – Buxoro viloyati.

Bugungi musobaqalarda esa 2008-yilda tugʻilgan va undan kichik yosh toifasidagi qilichboz bolajonlarimiz gʻalaba shohsupasini egallash uchun astoydil kurashib, qilichbozlik borasidagi sport mahoratlarini namoyon etishga muvaffaq boʻlishdi.

Juda ham qiziqarli kechgan bahslar natijasiga koʻra chempionlik baxtiga Navoiylik Sabina Sanayeva hamda Buxorodan 8 yoshlik Muhammadali Rahmatovlarga nasib etdi.

Oʻgʻil bolalar. Yakkalik bahsi

1. Rahmatov Muhammadali (2012y.) – Buxoro viloyati
2. Fattaxov Yegor (2009) – National club
3. Rustamov Samir (2008) – Navoiy viloyati
3. Naimov Firdavs (2008) – Buxoro viloyati.

Qiz bolalar. Yakkalik bahsi

1. Sanayeva Sabina (2008) – Navoiy viloyati
2. Ablakimova Elvina (2009) – Toshkent viloyati
3. Bobodjonova Madina (2008) – Navoiy viloyati
3. Jannazarova Shaxzoda (2009) – Qoraqalpogʻiston Respublikasi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169