Sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma)lar va sportni rivojlantirish boʻyicha qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma)lar va sportni rivojlantirishga masʼul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi ochiq portalida muhokamaga qoʻyildi. Quyida qaror loyihasining toʻliq matni bilan tanishishingiz mumkin:

Sport turlari boʻyicha federatsiya (uyushma)lar va sportni rivojlantirishga masʼul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017 – 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF–5953-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Sportni rivojlantirishga masʼul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilansinki:

sportni rivojlantirishga masʼul tashkilotlar va sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) terma jamoalar sportchilarini tayyorlashda va ularning tibbiy taʼminotiga yoʻnaltirilayotgan moliyaviy mablagʻlardan oqilona foydalanishni taʼminlashda, ushbu sohada kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmni shakllantirishda;

sport taʼlimi muassasalari va sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar)ning milliy terma jamoalar tayyorlash sohasida mavjud moddiy-texnika bazasidan oqilona foydalanishda, turli darajadagi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishda, tayyorlash va musobaqalarda qatnashishlarini tizimli yoʻlga qoʻyishda;

sportchilarni sport taʼlimi muassasalariga qabul qilish, milliy terma jamoalarning asosiy va zaxira tarkibiga, shuningdek, bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida dastlabki tayyorgarlikdan oʻtgan, sportning muayyan turi bilan shugʻullanish uchun zarur sport koʻrsatkichlariga va yuqori mahoratli sportchilar salohiyatiga ega boʻlgan istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya)da oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradilar.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimlari sport turlari boʻyicha federatsiyalar (uyushmalar) moddiy-texnika bazasini yaxshilash, hududiy terma jamoalarni tayyorlash, mavjud moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish, sportchilarni saralash (seleksiya), tayyorlash va musobaqalarda qatnashishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilasin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Abduhakimov va Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri

Abdulla Aripov

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169