Fargʻonadagi sport zallar ham shifoxonaga aylantirildi

Hozirgi pandemiya sharoitida Hukumatimiz tomonidan COVID-19ga qarshi kurashish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Fargʻona viloyatida ham mazkur kasallik bilan ogʻrigan bemorlar uchun joriy yilning 1-avgust holatiga koʻra 12 600 ta zaxira joy tayyorlanishi rejalashtirilgan edi va maqsadga erishildi.

Buning uchun viloyatdagi xususiy shifoxonalar hamda 14 ta katta sport zallarda ham qayta moslashtirish ishlari olib borildi.

Jumladan, Fargʻona, Margʻilon hamda Qoʻqon shaharlaridagi sport taʼlim muassasalarining mavjud sport zallarida shu kunga qadar koronavirus tashxisi qoʻyilgan bemorlar uchun jami 805 nafar fuqarolarga tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida davolanish joylari tayyorlandi.

Bemorlarga shart-sharoitlar yaratish maqsadida sport zallar xona-xonalarga boʻlinib, har bir xonaga sanitariya ehtiyoj anjomlari va tibbiy jihozlar oʻrnatilmoqda. Xususan, 500 dan ortiq kislorod konsentratorlari va IVL apparatlari olib kelindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169