OʻzPFLning barcha bahslari qoldirildi

Karantin talablari kuchaytirilayotganidan kelib chiqib, OʻzPFL oʻz musobaqalarini tartibga solib keldi. Bunda tashkilot birinchi galda klublar duch kelishi mumkin boʻlgan muammolar hamda futbolchilar salomatligi masalasini birinchi oʻringa qoʻydi.

Birinchi galda Birinchi liga va Ayollar chempionati musobaqasi, keyinroq esa futzal chempionati nomaʼlum muddatga qoldirildi. Coca Cola Superliga hamda Pro liga musobaqasi esa davom ettirildi. Orada virus yuqtirib olgan futbolchilar aniqlangach, OʻzPFL har ikki musobaqani avgustga qadar toʻxtatishga qaror qildi.

Bugun — 27-iyul kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi respublikada karantin talablari 15-avgustga qadar uzaytirilganidan kelib chiqib, mana shu muddat davomida futbol uchrashuvlarini oʻtkazmaslik boʻyicha tavsiya xatini taqdim etdi. Yaʼni, terma jamoalar uchun masʼul tashkilot ham futbolchilar salomatligi masalasini birinchi planga olib chiqdi.

Oʻz navbatida OʻzPFL ham mavjud holat, qolaversa, futbolchi va murabbiylar bilan bogʻliq sharoitlar, mamlakatimizda hukm surayotgan karantin davri hamda undagi murakkabliklarni inobatga olib, barcha futbol musobaqalarini 15-avgustga qadar qoldirdi. Barchamiz uchun sogʻligimiz birinchi oʻrinda.

Musobaqaning qay tariqa tiklanishi, taqvim va format qay koʻrinishda boʻlishi masalasiga keyinroq oydinlik kiritiladi. 


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
09.08.2020 | 12:12
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169