Futbolchilarda ham virus aniqlanmoqda. Superliganing keyingi turi qoldirildi

Oʻzbekiston Superligasining uch klubi — “Paxtakor”, “Buxoro” hamda “Surxon”da umumiy hisobda oʻndan ziyod virus yuqtirib olgan futbolchilar bor. Mazkur holat Superliga uchrashuvlarini qayta tiklash oldidan Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi bilan kelishilgan yoʻriqnoma shartlariga klublar tomonidan rioya qilish sustlashganini anglatadi.

Bugungi kunda vaziyat murakkab ekani sir emas. Bir tomondan futbol uchrashuvlarini toʻxtatish — ortga tashlangan qadam boʻladi. Bu holat turli yosh terma jamoalarning xalqaro maydondagi oʻyinlariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmaydi. Boshqa tomondan esa futbolchi va murabbiylarning, umuman futbol jamoatchiligining sogʻligi bilan bogʻliq jihatlarni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Ular nafaqat oʻz salomatliklarini, balki oila-aʼzolari sogʻligini ham xavf ostida qoldirishlari mumkin.

OʻzPFL yuqoridagi fikrlardan, qolaversa, bugun — 20-iyul kuni klublar ishtirokida boʻlib oʻtgan videokonferensiya xulosalaridan kelib chiqib, quyidagi qarorlarni qabul qiladi.

Superliga uchrashuvlari 28-iyulga qadar toʻxtatiladi va shu kuni chempionat 10-turdan boshlab davom ettiriladi. Taqvimning keyingi ehtimoliy koʻrinishlari alohida muhokama etiladi. TV dasturlar vaqtiga halal bermaslik maqsamida 10-tur uchrashuvlarining barchasi 19:00 da start oladi.

Unga qadar Superliganing barcha klublari bor diqqat-eʼtiborini futbolchilar salomatligiga qaratadi. Klublarning barchasi xususiy klinikalar bilan hamkorlikda test topshiradi. Bunda OʻzPFL oʻzi roʻyxatdan oʻtkazgan barcha futbolchi va murabbiylar test topshirganiga ishonch hosil qilishi kerak boʻladi. Test javoblarini toʻliq taqdim etmagan klublar qolgan jamoalar futbolchilar salomatligini xavf ostida qoldirmaslik uchun musobaqaga qoʻyilmaydi.

Test topshirgan va uning natijalariga koʻra virus aniqlanmagan futbolchilar klub qarorgohiga joylashtiriladi. Ular karantin tartibi yumshatilguniga qadar mashgʻulotlar va oʻyinlarga oʻz bazalaridan qatnaydi. Boisi, ularning shahar boʻylab erkin harakat qilishi, futbolchilar salomatligini, buning ortidan esa chempionat oʻyinlari davomiyligini xavf ostida qoldirishi mumkin.

OʻzPFL avgust oyidagi uchrashuvlarni qanday tashkil qilish va taqvimga qanday oʻzgartirishlar kiritish ustida ish olib boradi. Shuningdek, oʻz ishiga sovuqqonlik bilan yondoshgan klublar direktorlari, bosh murabbiylari hamda shifokorlariga nisbatan keskin choralar koʻriladi. Virus tarqalishini sunʼiy ravishda sir tutayotgan klublarga nisbatan SEOA bilan hamkorlikda ish ochiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169