Madrimov tez orada AQSHda jang oʻtkazadi

Boks boʻyicha Osiyo oʻyinlari va Osiyo chempionati gʻolibi, professional boksda magʻlubiyatsiz odimlayotgan isteʼdodli bokschimiz Isroil Madrimov yaqin kunlar ichida AQSHda navbatdagi jangini oʻtkazadi.

Isroil Madrimov bugun tongda charter reys orqali okean ortiga yoʻl oldi. Uning keyingi jangi katta ehtimol bilan bugun yetib boradigan shahar – Nyu-Yorkda tashkil etiladi.

Tashkil etiladigan jangning aniq sanasi va unda hamyurtimizga raqib boʻladigan bokschining nomi hozircha oshkor etilmayapti. Lekin, tez orada bu haqda OAV orqali maʼlumot berilishi aytilmoqda.

Maʼlumot uchun, Isroil Madrimov joriy yiling fevral oyidan beri Oʻzbekistonda boʻlib turgandi. Bu vaqt ichida u Oʻzbekiston terma jamoasi safida ham mashgʻulotlar olib borishga ulgurdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 12:26
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169