Oʻzbekiston futbol boʻyicha Osiyo kubogini qabul qilmoqchi

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2027-yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish uchun taklif yuborgan besh aʼzo assotsiatsiya nomini rasman tasdiqladi.

Qitʼa birinchiligini qabul qilish uchun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ham davogarlik qilmoqda. Bu haqda tashkilotning Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Shuningdek, Osiyo kubogi bahslarini qabul qilish huquqi uchun Hindiston, Eron, Qatar va Saudiya Arabistoni ham ariza topshirganligi maʼlum qilindi.

Keyingi navbatda, OFK har bir talabgor aʼzo assotsiatsiya bilan tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlar ustida ish olib boradi.

XIX Osiyo kubogining rasmiy mezboni 2021-yilda eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
23.09.2020 | 14:59
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169