Kogonda qator sport turlari boʻyicha “Yoshlar kubogi” musobaqalari oʻtkazildi

Xabaringiz bor, har yili 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan mamlakatimiz boʻylab qator tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etiladi.

Joriy yilda ham respublikamizning “yashil” toifaga kiruvchi hududlarida ushbu sanaga bagʻishlab qator tadbirlar oʻtkazilayapti.

Jumladan, Buxoro viloyatining Kogon tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabida yosh sportchilar va mahalliy yoshlar ishtirokida stol tennisi, mini futbol, badminton va voleybol sport turlari boʻyicha “Yoshlar kubogi” musobaqalari tashkil etildi. Musobaqa davomida karantin qoidalariga toʻliq amal qilgan holda sport inshootlari dezinfeksiya qilinib, ishtirokchilar gigiyenik vositalar bilan taʼminlandi.

Yuqori saviyada oʻtkazilgan musobaqalar yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi. Bu kabi musobaqalar mamlakatimizning “yashil” hududlarida davom etmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Saytning oxirgi yangilanishi:
10.07.2020 | 16:43
Onlayn maslahatchi
Mening fikrim

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169